Qatar kompaniyasi Oʻzbekistonda qator loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya kiritadi

13:50 23 Noyabr 2023 Siyosat
318 0

Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev Qatarning “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruv raisi oʻrinbosari Moris Gattas boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda xorijlik mehmonlarga Oʻzbekiston turizm imkoniyatlari toʻgʻrisida batafsil maʻlumot beruvchi, soʻngi yillarda turizm sohasi uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar aks ettirilgan taqdimot oʻtkazildi.

Ikki tomonlama muloqot davomida Qatar tomonidan Oʻzbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, yurtimizning tarixiy shaharlarida mehmonxonalar qurish, Toshkent-Samarqand yoʻnalishida tezyurar poezdlar uchun temir yoʻl qurilishi va shu yoʻnalishda pullik avtomobil yoʻlini qurish hamda Toshkent viloyatida xalqaro umummavsumiy tematik bogʻ barpo etish loyihalari uchun investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер