Qashqadaryoga yana 39 ta tez yordam mashinalari olib kelindi

17:01 01 Noyabr 2023 Jamiyat
195 0

Foto: “Xalq soʻzi”

2022–2025-yillarda Qashqadaryo viloyatida 225 ta tez tibbiy yordam avtomobillarini yangilash koʻzda tutilgan.

Shunga asosan, viloyatda foydalanilayotgan eski tez tibbiy yordam avtomobillari bosqichma-bosqich yangilanmoqda.

Xususan, kuni kecha viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi tez tibbiy yordam shoxobchalariga 39 ta “Volkswagen Caddy” rusumli zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi.

Yurtimizda ishlab chiqarilgan ushbu avtomobillar xalqaro talablar asosida eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, unda bemorning qulay joylashishi hamda tez tibbiy yordam xodimlarining sifatli tezkor tibbiy yordam koʻrsatishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov soʻzga chiqib, tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilayotgan ushbu avtotransport vositalari tizim faoliyatini yanada rivojlantirish, bu orqali aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish imkonini berishini qayd etdi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер