Qashqadaryoda yuk mashinasi “Tico”ni urib ketdi
Qashqadaryoda yuk mashinasi yengil avtomobilni urib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
6-dekabr kuni soat 14:20 da Qashqadaryo viloyatida “Tico” rusumli avtomashina Howo rusumli yuk mashinasi bilan harakatlanish yoʻliga chiqib ketib, u bilan toʻqnashib ketdi.
Yoʻl-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmadi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring