Qashqadaryoda giyohvandlik vositasini 400 ming soʻmga sotayotgan shaxs qoʻlga tushdi
Qashqadaryoda giyohvandlik vositalarini sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, Qarshi shahrida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining birinchi bosqichi oʻtkazilgan.
Tadbir davomida Qarshi shahrida yashovchi fuqaro .A. Oʻzbekiston Respublikasi “Tezkor qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan oʻtkazilgan “Nazorat ostida olish” tezkor tadbiri vaqtida shartli mijoz A.T.ga “Marixuana” giyohvandlik vositasini 400 ming soʻmga sotayotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovgacha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring