Qashqadaryoda fermer xoʻjaligi 739 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

11:52 18 May 2025 Jamiyat
304 0

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida 739 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaligi aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.

“Oʻzenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Koʻkdala tumanida “E. X.” fermer xoʻjaligi shartnoma tuzmasdan elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, elektr taʼminoti korxonasiga 739,7 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер