Qashqadaryoda “Damas”ni daraxt bosib qoldi

17:32 11 Aprel 2026 Jamiyat
228 0

Videodan kadr

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida “Damas” rusumli avtomobilni daraxt bosib qoldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 10-aprel kuni kuzatilgan biroz kuchli shamol oqibatida Qamashi tumani Alisher Navoiy MFY, Qamashi koʻchasida harakatlanib borayotgan “Damas” rusumli yengil avtomobil ustiga daraxt qulab tushgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, daraxt mustahkamligini yoʻqotib, shamol taʼsirida agʻdarilgan. Hodisa oqibatida avtomobil haydovchisi va 1 nafar yoʻlovchi hech qanday tan jarohati olmagan.

FVB shu munosabat bilan aholidan noqulay ob-havo sharoitida ehtiyot choralarini koʻrish, ayniqsa daraxtlar va eskirgan inshootlar yaqinida transport vositalarini qoldirmaslikni soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер