Qashqadaryoda 11 oyda 21 nafar fuqaro yongʻin va favqulodda hodisalar natijasida hayotdan koʻz yumgan

19:51 05 Dekabr 2023 Jamiyat
256 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Joriy yilning 11 oyi davomida Qashqadaryo viloyatida 6 ta favqulodda vaziyat sodir boʻlgan. Buning natijasida 18 nafar fuqaro vafot etgan, 13 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Bu haqda 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da boshqarma boshligʻi Farhod Mirzayev aytib oʻtdi.

— Ushbu favqulodda vaziyatlarning barchasi yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq, — deydi u. — Bundan tashqari, joriy yilning oʻtgan davrida viloyat hududida 912 ta yongʻin sodir boʻldi. Ular natijasida 33 ta kishi jarohat olgan, 3 nafar inson esa halok boʻlgan, jismoniy va yuridik shaxslarga 10 milliard soʻmdan ortiq moddiy zarar yetgan.

“Ochiq eshiklar kuni”da shuningdek, boshqarma tizimida korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohaga joriy etilgan zamonaviy (elektron) aksilkorrupsiyaviy tizimlar va ularning ahamiyati haqida keng maʼlumot berildi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер