Qashqadaryo viloyatida yosh inspektor baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi
Jabrlanuvchi 24 yoshda edi.
Qashqadaryoning Qarshi tumanida politsiya xodimi yoʻl-transport hodisasida halok boʻldi. Bu haqda Nasafnews xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, hodisa Cobalt va Jiguli avtomobillari bilan bogʻliq. YTH oqibatida, koʻrsatilgan yordamga qaramay, Qarshi tuman IIB inspektori, 1997-yilda tugʻilgan katta leytenant vafot etdi.
Qayd etilishicha, qurbonlar ham bor. Viloyat IIB va YHHB hozircha bu hodisa haqida maʼlumot bermagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq haydovchilar yoʻl-transport hodisalari boʻyicha IIB xodimlarisiz hodisa toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzishi mumkinligi aytilgandi hamda Samarqandda yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Isuzu” yuk mashinasi yonib ketgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring