Qashqadaryo viloyatida “Nexia” yonib ketdi
Foto: Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida qisqa tutashuv oqibatida “Nexia” yonib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 11-yanvar kuni soat 14:55 da viloyat hududidan oʻtgan Yettitom-Gʻuzor avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. “Nexia” rusumli avtomashina harakatlanayotganda avtomashinaning dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir boʻlgan, shundan soʻng avtomobil yonib ketgan. Qayd etilishicha, haydovchi toʻxtab, darhol mashinadan tushgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring