Qashqadaryo va Andijonda psixotrop moddalar savdosi toʻxtatib qolindi

16:33 10 Aprel 2026 Jamiyat
376 0

Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro Z.Q. 2 ta yelim paketga solingan sariq va qizil rangli 29 dona kapsula hamda 60 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaroga 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Ulugʻnor tuman boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unga koʻra, fuqaro J.A. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan 4 dona “Regapen” hamda 1 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 670 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlangan. Dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер