Qarshida yuk mashinasi harakatlanayotganda yonib ketdi
Qashqadaryo viloyatida yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʼra, voqea 26 dekabr kuni ertalab soat 08:55 da Qarshi shahrida sodir boʼlgan. Voqea joyiga ikki oʼt oʼchirish brigadasi yetib kelgan, soat 09:30 atrofida yongʼin toʼliq oʼchirilgan.
Hodisa natijasida avtomobil butunlay yonib ketgan. Hozirda yongʼin sabablari va zarari aniqlanmoqda. Qurbonlar yoʼq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring