“Qardosh doʻstim, kelajak biz yoshlar qoʻlida”

20:09 28 Iyul 2023 Jamiyat
559 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Jizzax shahrida “Qardosh doʻstim, kelajak biz yoshlar qoʻlida” shiori ostida uch kunlik xalqaro yoshlar festivali boʻlib oʻtmoqda.

Unda Qozogʻiston Respublikasining Turkiston viloyati, Tojikiston Respublikasining Soʻgʻd viloyati hamda yurtimizning Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari yoshlar tashkilotlari yetakchilari hamda iqtidorli yigit-qizlar ishtirok etishmoqda.

Dastlab festival qatnashchilari Jizzaxning diqqatga sazovor joylari va viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar xususida batafsil maʼlumot berildi.

Shundan soʻng Turkiston, Soʻgʻd va Jizzax viloyatlari Yoshlar tashkilotlari oʻrtasida ushbu yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ayni paytda uchala mamlakat yoshlari oʻrtasida sportning shaxmat va stol tennisi, suzish, kibersport yoʻnalishlari boʻyicha musobaqalar davom etmoqda.

Fayzli oqshomda viloyatdagi “Oʻrda” ekologik bogʻida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida xalqaro yoshlar festivali doirasida katta konsert dasturi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер