Qamchiq dovonida qor koʻchkisi yuz berdi

13:40 19 Fevral 2025 Jamiyat
310 0

Illyustrativ foto

Qamchiq dovonida qor koʻchkisi yuz berdi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet” agentligi.

Qamchiq qor koʻchki stansiyasi maʼlumotiga koʻra, kecha, 18-fevral kuni (soat 11:00-17:00 oraligʻida) Qamchiq dovoni hududida gʻarbiy ekspozitsiyadagi eski qor qoplamidan hajmi 154 m3 boʻlgan (taxminan Toshkent metrosidagi bitta vagonning ichki hajmiga teng) qor koʻchkisi tushgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech qanday talafot qayd etilmagan va hech kim jabrlanmagan.

Voqea sodir boʻlgan vaqtda qoyalarda tuman boʻlgani sababli, oʻrganish ishlari bugun, 19-fevral kuni olib borilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер