“Qamchiq” dovonida harakat qisqa muddatga cheklandi
“Qamchiq” dovonidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida harakat qisqa muddatga cheklanadi. Bu haqda IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, “Qamchiqavtoyoʻl” IYFK DM tomonidan maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtuvchi qismida (145-kilometrida) transport vositalarining harakati bugun soat 11:00 dan vaqtincha, qisqa muddatga cheklanadi.
“Dovon yoʻli ochilishi boʻyicha qoʻshimcha xabar beriladi”, deyiladi xabarda.
Bu vaqt oraligʻida haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya etishlari soʻraldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring