Qalbaki AQSH dollarlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Q.R. va A.N. qalbaki 10 000 AQSH dollarini fuqaro X.R.ga 5 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, unga jami 83 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki banknotlarni berib qolgan qismini tez kunda yetkazishlarini aytib 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring