Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olinmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻngʻirot tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida fuqaro B.K. oʻz uyida qoʻlbola usulda tayyorlangan qalbaki aksiz markali 888 dona, “Cobalt” rusumli avtotransport vositasida esa Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan yelimlanmagan xorijda ishlab chiqarilgan 114 dona alkogol mahsulotini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Qoʻqon va Fargʻona shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “J.F.” va “W.H.” MCHJlarga qarashli savdo doʻkonlarida jami 625 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring