Qaysi oliy taʼlim muassasasi eng koʻp xorijlik professor-oʻqituvchilarga ega?
Bugungi kunda koʻplab oliy taʼlim muassasalarida xorijlik professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Xoʻsh, qaysi oliy taʼlim muassasalari eng koʻp xorijlik professor-oʻqituvchilarga ega?
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida bunga aniqlik kiritildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, Oʻzbekistonga xorijiy professor-oʻqituvchilar va talabalar kelib faoliyat olib borayotgan davlatlar soni ikki barobarga oshib, bugungi kunda 62 tani tashkil etmoqda.
Eng koʻp xorijlik professor-oʻqituvchilar Turkiya, Belarus, Janubiy Koreya, Rossiya davlatlaridan tashrif buyurishgan. Eng koʻp talabalar Rossiya, Qozogʻiston, Turkmaniston, Pokiston, Afgʻonistondan kelishgan.
Shuningdek, eng koʻp xorijiy professor-oʻqituvchilar Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetlarida faoliyat olib borgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring