Qaysi hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlari koʻproq faoliyat yuritadi?

10:11 17 Aprel 2023 Iqtisodiyot
783 0

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yilning 1-aprel holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 420 759 ta (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) boʻlib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 215 tani tashkil etgan.

Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori koʻrsatkichlariga ega hududlar:

— Toshkent shahrida – 82 237 ta

— Toshkent viloyatida – 38 665 ta

— Samarqand viloyatida – 37 862 ta

— Fargʻona viloyatida – 36 143 ta

— Qashqadaryo viloyatida – 32 688 ta

— Andijon viloyatida – 27 230 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni:

— savdo sohasida – 151 761 ta

— sanoat sohasida – 74 713 ta

— qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 41 426 ta

— qurilish sohasida – 34 772 ta

— yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 27 785 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер