Qaysi hududda xususiy korxonalarning soni koʻp?
Joriy yilning 1-oktyabr holatiga jami tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 394 234ta boʻlib, shundan xususiy korxonalar soni 88 855 tani (22,5 foiz) tashkil qildi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, xususiy korxonalar sonining yuqori koʻrsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Toshkent shahrida – 12 779ta;
• Fargʻona viloyatida – 10 523ta;
• Qashqadaryo viloyatida – 9 015ta;
• Namangan viloyatida – 7 173ta;
• Surxondaryo viloyatida – 6 991ta.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida korxonalar quyidagicha taqsimlandi:
• savdoda – 33 457ta;
• sanoatda – 16 007ta;
• qurilishda – 7 818ta;
• yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 7 725ta;
• qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 6 618ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring