Qabulning 1-kuni: Eng koʻp hujjat topshirilgan OTMlar maʼlum boʻldi

20:59 20 Iyun 2020 Jamiyat
1203 0

Bugun, 20-iyun kunidan boshlab 2020/2021 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlandi.

Maʼlum qilinishicha, qabulning birinchi kunida respublika boʻyicha jami 14 524 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtgan.

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTMlar:

Andijon davlat universiteti – 844 nafar;

Toshkent davlat pedagogika universiteti - 736 nafar;

Samarqand davlat universiteti – 663 nafar;

Namangan davlat universiteti – 550 nafar;

Termiz davlat universiteti – 532 nafar.

Eslatib oʻtamiz, roʻyxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер