Putin Pasxa munosabati bilan oʻt ochishni toʻxtatishni eʼlon qildi

10:20 10 Aprel 2026 Dunyo
253 0

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan oʻt ochishni toʻxtatish haqida eʼlon qildi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.

“Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari oliy bosh qoʻmondoni V.V. Putinning qarori bilan yaqinlashib kelayotgan pravoslavlarning Pasxa bayrami (Masihning nurli tirilishi) munosabati bilan 2026-yil 11-aprel soat 16:00 dan 12-aprel kuni yakuniga qadar oʻt ochishni toʻxtatish eʼlon qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya qoʻshinlari Pasxa sulhi vaqtida barcha yoʻnalishlarda harbiy harakatlarni toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma oldilar.

“Qoʻshinlar dushman tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan provokatsiyalar, shuningdek, uning har qanday tajovuzkor harakatlariga chek qoʻyishga tayyor boʻlsin”, — deb yozilgan xabar matnida.

Kreml, shuningdek, Rossiya Ukrainaning ham Pasxa bayramida Moskvaning oʻrnak olishiga va sulh eʼlon qilishiga umid qilayotganini taʼkidladi.

“Biz Ukraina tomoni Rossiya Federatsiyasining oʻrnagiga ergashishidan kelib chiqmoqdamiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yilda ham Vladimir Putin Pasxa bayramida bir yarim kunga harbiy harakatlarni toʻxtatish haqida eʼlon qilgan edi. Oʻshanda nizolashuvchi tomonlar bir-birlarini koʻplab qoidabuzarliklarda ayblashgan, biroq shu bilan birga harbiy harakatlar shiddati sezilarli darajada pasaygan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер