Putin Gʻarb sanksiyalarining Rossiya iqtisodiyotiga xavflaridan ogohlantirdi
Foto: РИА «Новости»
Gʻarbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, deya ogohlantirdi mamlakat prezidenti Vladimir Putin.
“Oʻrta muddatli istiqbolda Rossiya iqtisodiyotiga qoʻyilgan noqonuniy cheklovlar haqiqatan ham unga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin”, dedi u. Bu borada davlat rahbari ichki talab asosida ishlash zarur, deb hisoblaydi.
“Hozirgi vaziyatda aynan u (talab) iqtisodiy oʻsishning yetakchi omiliga aylanib, birinchi oʻringa chiqmoqda”, deydi prezident.
Putin shuningdek, hozirda mamlakatda ishsizlik rekord darajada pastligicha qolayotganini, biroq bu “mehnat bozoridagi barcha muammolar hal etilgan” degani emasligini taʼkidladi.
Shuningdek, u fuqarolar daromadlari dinamikasi iqtisodiy rivojlanishning asosiy koʻrsatkichi ekanligini taʼkidlab, butun mamlakat boʻylab ish haqi va aholining real ixtiyoridagi daromadlari real oʻsishni boshlaganini taʼkidladi.
Shunga qaramay, “bular hali ham juda kamtarona koʻrsatkichlar”, deb xulosa qildi Putin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring