Putin 7 yoshgacha boʻlgan har bir bolaga 5 ming rubldan beradi
Putin Yangi yilga qadar yetti yoshgacha boʻlgan har bir bolaga sovgʻa tariqasida 5 ming rubldan berishni vaʼda qildi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.
“Biz barcha oilalarning 7 yoshgacha boʻlgan farzandlariga 5 ming rubldan beramiz”, dedi Vladimir Putin katta matbuot anjumanida.
Anjuman koronavirus pandemiyasi tufayli videoanjuman tarzida oʻtkazildi.
Rosstat maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil 1-yanvar holatiga koʻra mamlakatda 0 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar 14,4 millionni tashkil etgan. Shunday qilib, davlat Yangi yilga qadar toʻlovlar uchun taxminan 72 milliard rubl sarflaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring