Prokuror va yoshlar uchrashuvi

12:07 23 Oktyabr 2019 Jamiyat
4584 0

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Yoshlar markazida “Vatan kelajagi yoshlar qoʻlida “ shiori ostida prokuror va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad-mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazishdan iboratdir.

Ochiq muloqot davomida Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiyev sud-huquq tizimidagi islohotlar, ezgu tashabbuslar, yoshlarga qaratilgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar haqida taʼkidlab oʻtdilar.

Samimiy, yurakdan qilingan suhbat yoshlarni qiziqtirayotgan savollarga ulanib ketdi.

Savollar sud jarayoni, prokuror masʼuliyati va sohadagi taʼlim tizimi haqida boʻldi.

Shuningdek, tadbir davomida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, , “ommaviy madaniyat” kabi xavf-xatarlar kuchayib borayotganligi va bu borada yoshlar hamisha ogoh boʻlishi lozimligi taʼkidlandi.

Yoshlarga oid davlat siyosati qanday amalga oshirilyapti, qanday muammolar bor, ularni qanday hal qilishimiz kerak?

Ushbu savollar muhokamalar markazida boʻlar ekan,yoshlarning mulohazalari - takliflari tinglandi.

Tadbir yakunida Toshkent shahar prokurori tomonidan yigʻilganlarga huquqiy adabiyotlar taqdim etildi.

SOHIBJON HOTAMOV
“Xalq soʻzi” muxbiri

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер