Prezident koronavirusdan tuzaldi

20:28 25 Iyul 2020 Dunyo
1074 0

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru SARS-CoV-2 koronavirusiga test topshirgan va natija manfiy chiqdi.

“SARS-CoV-2 ga test natijasi manfiy chiqdi. Barchaga xayrli kun”, — deb yozadi Bolsonaru oʻzining «Tvitter»dagi sahifasida.

Braziliya prezidenti shtatlarda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan cheklov choralarini tinmay tanqid qilib keladi.

Eslatib oʻtamiz, Braziliya prezidenti virus yuqtirgani haqida 7-iyulda xabar qilingandi.

Braziliya kasallikka chalinganlar soni boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turibdi. Mamlakatda 2,2 millionta holat qayd etilgan, 85 ming kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер