Prezident baʼzi sport turlarida natija koʻrinmayotganini tanqid qildi

17:45 07 Aprel 2026 Siyosat
301 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentimiz raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Oʻq otish bazasida sharoit yaratilgani uchun ushbu sport turida natija koʻrinayotgani taʼkidlandi.

Yaqinda Osiyo chempionatida oʻq otuvchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush medal oldi. Pnevmatikadan otishda Osiyo va jahon rekordini yangiladi. Futbol, sport kurashlari, velosport, yengil atletika, suzishda ham oʻzgarish boʻlayotgani eʼtirof etildi.

Yoshlar Osiyo oʻyinlarida yengil atletikada ilk bor 9 ta medal, suzishda dastlabki medal (bronza) qoʻlga kiritildi. Velosportchilarimiz Osiyoda kuchli uchtalikdan joy oldi. Sport kurashlarida 25-yillik tanaffusdan soʻng Jahon chempionatida oltin medalga erishildi.

Shu bilan birga, Jizzaxdagi 6 ta qilichbozlik bazasida shugʻullanuvchilar 100 nafarga ham yetmasligi, tramplin va akrobatika boʻyicha mavjud salohiyatdan toʻliq foydalanilmayotgani, tennis, ot sporti boʻyicha ham natija koʻrinmayotgani tanqid qilindi.

Dunyoda tennisga oʻxshash padel tennis, skvosh kabi zamonaviy oʻyinlar yoshlar orasida tez ommalashyapti. Lekin mutasaddilarda xususiy tadbirkorlarni jalb qilish orqali bunday sport turlarini tennis bilan uygʻun rivojlantirib, yoshlarga qoʻshimcha sharoit yaratish boʻyicha tashabbuskorlik yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер