Prezident Administratsiyasining ayrim xodimlari oʻz lavozimida qoldi
Prezident Administratsiyasining quyidagi rahbar xodimlarining lavozimlari oʻzgarishsiz qoldirildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Xususan, Xayriddin Madriddinovich Sultonov – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri;
Shuxrat Madaminovich Gʻaniyev – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi;
Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi;
Viktor Vladimirovich Maxmudov – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi;
Alisherbek Azizovich Paygamov – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti rahbari;
Ulugbek Uchkunovich Kurbanov – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Protokoli rahbari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring