Pokistonda yuz bergan zilzila oqibatida 20 kishi halok boʻldi, 300 dan ortiq kishi jarohatlandi
Pokistonning Balujiston viloyatida sodir boʻlgan zilzila 20 kishining hayotiga zomin boʻldi, deya xabar berdi “Dawn” gazetasi tabiiy ofatlarga yordam berish agentligiga tayanib.
Mahalliy gazetaning yozishicha, zilzila oqibatida 300 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Geologik xizmati (USGS) bundan oldin Moskva vaqti bilan 01:01 da 5,7 magnitudali zilzilani qayd etgan edi.
Zilzila epitsentri Xarnay shahridan 14 kilometr shimoli-sharqda va 20,8 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring