Pokiston yoshlarining Oʻzbekistonga qiziqish ortmoqda
Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasida Oʻzbekiston turistik maʼlumotlari markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “VIAS International Uzbekistan” onlayn-trening mashgʻulotlari ishtirokchilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Diplomatlar treningni muvaffaqiyatli tamomlagan Amne Edjaz va Yashaf Nadimni taqdirlashdi.
Marosimda, shuningdek, “Oʻzbekistonga xush kelibsiz” videoroligi namoyishi va respublikaning tarixiy-madaniy merosi hamda turistik salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot boʻlib oʻtdi.
Tadbirda pokistonlik yoshlar oʻzbekistonlik tengqurlari bilan oʻzaro aloqa oʻrnatish, turli sohalarda bilim va tajriba almashish, ilm-fan rivoji, xususan, axborot-kommunikatsiyalari sohasida Oʻzbekiston – Pokiston munosabatlarini mustahkamlashlarini qayd etdi.
Oʻz navbatida, pokistonlik yoshlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi bosqichi, Oʻzbekiston mutafakkirlari va olimlarining muqaddas Islom dini rivojidagi oʻrni, Oʻzbekistonning sof Islom dini aqidalariga sodiqligini taʼkidladi.
Onlayn mashgʻulotda ikki mamlakat yoshlari kelgusida hamkorlik oʻrnatish uchun qulay imkoniyatdan foydalanishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring