Pokiston bilan turizm sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston turizm va sport vazirligi bilan Pokiston hukumatining mintaqalararo muvofiqlashtirish vazirligi oʻrtasida Turizm masalalari boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar berdi Turizm va sport vazirligi.
Mazkur hujjat ikkala mamlakat oʻrtasida turistik almashinuvni oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, turizm industriyasi vakillarining toʻgʻridan–toʻgʻri muloqotini kengaytirish, oʻzaro info-turlar tashkil etish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, turizmning yangi yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring