Poytaxtdagi yana bir koʻchada transport harakati qisman cheklanadi
Poytaxtdagi yana bir koʻchada avtomobil harakati qisman cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, drenaj quvurlarini yotqizish ishlari sababli Kichik halqa yoʻlining Farhod koʻchasi bilan kesishmasida 4-oktyabr soat 22:00 dan 5-oktyabr soat 07:00 gacha transport vositalari harakati cheklanadi.
“Tirbandliklar va noqulayliklarni kamaytirish maqsadida qurilish-taʼmirlash ishlari transport vositalari harakatini toʻliq toʻxtatmagan holda, yoʻl qismlarini qisman yopish orqali olib boriladi”, — deyiladi xabarda.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring