Poytaxtdagi yana bir koʻcha vaqtincha yopildi
Yoʻl taʼmirlash ishlari sababli poytaxtdagi yana bir koʻcha vaqtincha yopiladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Mirzo Ulugʻbek tumani Nihol koʻchasida yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sababli Milliy bogʻ koʻchasidan Temur Malik koʻchasigacha boʻlgan qismda transport vositalari harakati bugun, 8-noyabr kuni soat 12:00 dan 9-noyabr kuni 20:00 gacha vaqtincha cheklandi.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring