Peskov Putinning sogʻligʻi haqida gapirdi
Prezident Vladimir Putinning sogʻligʻi aʼlo darajada, deya axborot berdi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Birinchi kanalda namoyish etiladigan “Bolshaya igra“ dasturi davomida.
“Siz bunga ish tartibi orqali guvoh boʻlib turibsiz“, — deb qoʻshimcha qildi u.
Peskovning aytishicha, barcha muloqotlar hozirda videoanjumanlar formatida oʻtkazilmoqda, tadbirlar soni odatiy kunlardagidan ham baʼzan koʻproq.
“Shu bois, tabiiyki, yana-da jadal ishlashga toʻgʻri kelmoqda“, — dedi Peskov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring