Pentagon Afgʻonistonga harbiy qiruvchi samolyotlarni yuboradi
Pentagon AQSH qoʻshinlarini mamlakatdan chiqib ketishini himoya qilish uchun Afgʻonistonga bombardimonchi samolyotlarni joʻnatadi va shuningdek, mamlakat yaqinida aviatashuvchi kemani joylashtiradi. Bu haqda Pentagon vakili Jon Kirbi maʼlum qildi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
Kirbining soʻzlariga koʻra, «Eyzenxauer» aviatashuvchi kemasi maʼlum vaqt davomida Markaziy qoʻmondonlik zonasida qoladi va mintaqaga qoʻshimcha strategik bombardimonchilar yuboriladi. Ushbu harakatlar AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin tomonidan maʼqullangan.
Pentagon vakili Afgʻonistonga allaqachon ikkita “V-52” bombardimonchi samolyoti etib kelganini qoʻshimcha qildi. Bundan tashqari, quruqlikdagi qoʻshinlar va yordamchilar soni ham koʻpayishi mumkin.
Kirbining taʼkidlashicha, bu nafaqat qoʻshinlarning himoyasi, balki logistika bilan ham bogʻliq.
Joriy yilning 14-aprel kuni AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqarilishi 1-maydan 11 sentabrga qadar davom etishini maʼlum qildi.
U bu qarorni AQSH va Yevropa davlatlarining harbiy kuchlari barqaror afgʻon hukumatini yarata olmaydi va saqlab tura olmasligi bilan izohladi. Keyin qolgan NATO mamlakatlari ham ushbu davlatdan oʻz qoʻshinlarini olib chiqishga qaror qildi.
Oldinroq, Afgʻoniston hukumati AQSH va NATOdan mamlakatni qurol-yaroqsiz va texnikalarsiz mamlakatni tark etishni talab qilgani haqida xabar bergandik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring