“Parvarishlash nafaqasi”ni olish tartibini bilasizmi?
My.gov.uz portalida o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band qonuniy vakillarga (ota-onasiga) nafaqa tayinlash imkoniyati mavjud.
Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatda 34 ta kasallik turi aniq belgilangan. Qonuniy vakillarga (ota-onaga) 500 ming so‘m miqdorida parvarishlash nafaqasi tayinlanadi.
Buning uchun murojaatchi my.gov.uz dagi “Nafaqa tayinlash uchun ariza berish” xizmatidan foydalanishi va nafaqa turi sifatida “Parvarishlash nafaqasi” bandini tanlab, ariza yuborishi lozim.
Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda JShShIR (PINFL) orqali tekshiriladi. Murojaatchi nafaqa tayinlanganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring