Parranda grippi xavfi: Hindistonda minglab parrandalar yoʻq qilinmoqda
Hindistonda yovvoyi gʻozlar, qargʻalar va oʻrdaklarda parranda grippi aniqlangan. Shu bois butun mamlakat boʻylab oʻn minglab parranda va qushlarni yoʻq qilish boshlandi.
Rasmiylar birinchi marta H5N8 shtammini bir hafta oldin, turli shtatlarda qush galalari oʻlik holda topilganidan keyin aniqlashgan.
Hukumat parranda grippi tarqalishining oldini olish uchun shoshilinch choralar koʻrishni soʻragan. Parranda grippining ayrim shtammlari odamlar uchun xavfli ekanligi bois oʻlik yoki kasal qushlarga tegmaslik tavsiya etilgan. Baʼzi tumanlarda parranda mahsulotlari doʻkonlari yopilgan, hatto tuxum sotish ham toʻxtatilgan.
Shunga qaramay, ushbu virus boshqa qushlarga ham taʼsir koʻrsatayotgani aytilmoqda.
Masalan, Janubiy Kerala shtatida 12 mingga yaqin oʻrdak nobud boʻlgan. Shu bois bu yerda 36 mingdan ortiq qushlarni yoʻq qilinishi rejalashtirilmoqda.
Madxya-Pradesh shtatida soʻnggi 10 kun ichida yuzlab qargʻalarning oʻlgani xabar qilingan edi. Endi esa kabutarlar bilan ham shunday holat qayd etilgan.
50 ta qargʻaning oʻlik tanasi topilgan Indore shahri yaqin atrofida yashovchilarni yoʻtal va isitma kabi alomatlar boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazmoqdalar.
Shimoliy Xaryana shtatida ham yuzlab parranda va qushlarning oʻlgani haqida xabar berilgan boʻlsa-da, hududda hali kasallik aniqlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring