Payariqda Yangi yil arafasida yangi ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi

16:16 27 Dekabr 2023 Jamiyat
625 0

Foto: "Xalq soʻzi"

Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Payariq tumanida ham ijobiy oʻzgarishlar davom etmoqda.

Bayrami arafasida tumanda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Yangi va zamonaviy jihozlangan ushbu markazda fuqarolar hamda xodimlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Endilikda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlarning 30 turi mazkur markazda koʻrsatiladi. Bunda nogironlikni belgilash, protez-ortopediya bilan taʼminlash, sanatoriylarga yuborish, psixologik yordam va ijtimoiy nafaqa tayinlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

Yangi obyektning ochilishi munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi, tuman hokimligi va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tumandagi 40-maktabgacha taʼlim muassasasining 300 oʻrinli yangi binosi ham bolajonlar va mahalla ahliga bayram sovgʻasi sifatida foydalanishga topshirildi.

Aholining birdamligi hisobiga 2023-yil “Tashabbusli byudjet” loyihasining birinchi mavsumida navbatdagi gʻolib tashabbuslar qatoridan joy olgan mazkur obyektning ochilish marosimida tuman hokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir soʻz olganlar bugungi shodiyona kun bilan barchani muborakbod etib, kelgusida ushbu maskan tarbiyalanuvchilari ham Vataniga sidqidildan xizmat qiladigan oʻgʻil-qizlar boʻlib yetishishini tiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер