“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ va “Rhenus Logistics” oʻrtasidagi muzokaralar yangi bosqichga chiqdi

15:45 07 Fevral 2023 Siyosat
715 0

2022-yilning noyabr oyida “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ va “Rhenus Logistics” kompaniyalari oʻrtasida hamkorlikda logistika markazlarini rivojlantirish boʻyicha anglashuv Memorandumi imzolangan edi.

Ushbu Memorandum doirasida 25-27-yanvar kunlari “Rhenus Logistics” kompaniyasi vakillari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida kompaniya vakillari tomonidan “Axtachi” va “Ulugʻbek” logistika markazlari infratuzilmasini yangilash, tranzit yuk oqimlarini oshirish va yangi transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha qiziqish va takliflar ilgari surildi.

“Axtachi” logistika markazi imkoniyatlari kengayishi kelgusida “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” yoʻlagi orqali tranzit tashuvlarini, hamda mamlakatning eksport, import salohiyatini toʻlaqonli amalga oshirishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер