“Oʻzbekneftgaz“: AI-91 markali benzin narxi arzonlashdi
“Oʻzbekneftgaz“ AJ tomonidan mart oyidan buyon “UNG” milliy brendi ostidagi yonilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻida benzin va dizel yoqilgʻisi narxlari bosqichma-bosqich pasaytirib kelinmoqda.
Xususan, AI-91 markali benzin narxi arzonlashtirildi va 2020-yilning 13-aprel kunidan boshlab 5600 soʻm qilib belgilandi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz“AJ Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekneftgaz“ yonilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻida bir oy vaqt oraligʻida dizel yonilgʻisining narxi 500 soʻmga arzonlashtirilgandi.
Shuningdek, joriy yilning 26-mart kunidan eʼtiboran AI-92 markali benzinning narxi pasaytirilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring