Oʻzbekistonning xalqaro reytinglarda mavqeyi koʻtarilayotganligi uning xalqaro moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorligini yanada kengaytirish uchun zamin yaratmoqda

14:23 21 Iyul 2023 Siyosat
394 0

Bugun, 21-iyul kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo boʻyicha vakolatxonasi Boshqaruvchi Direktori Zsuzsanna Hargitai hamda direktor oʻrinbosari Andi Aranitasi “Oʻzsuvtaʼminot” AJga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Oʻzsuvtaʼminot” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi D.Azimov va boshqa mutaxassislar ishtirokida sohada hamkorlikda olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar hamda istiqboldagi rejalar xususida fikr almashildi.

Eslatib oʻtamiz, 2018-yildan hozirgi kunga qadar sohani qoʻllab-quvvatlash uchun YETTB bilan 7 ta loyiha boʻyicha jami 420 million dollarlik bitimlar imzolandi. Ushbu mablagʻlar hisobidan ichimlik suvi yoʻnalishida 342 km suv tarmogʻi, 3 ta suv olish inshooti, 6 ta suv tozalash inshooti, 40 ta suv taqsimlash inshooti hamda oqova suv yoʻnalishida 365 km oqova suv tarmogʻi, 11 ta oqova suv tozalash inshooti va 57 ta oqova suv nasos stansiyasi quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Mazkur loyihalar toʻliq foydalanishga topshirilishi evaziga 1 million 419 ming nafar aholining ichimlik suvi va qariyb 780 ming nafar aholining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер