Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38 mln nafarga yetdi
Foto: “Xalq soʻzi”
2025-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda doimiy aholi soni qariyb 37 859 698 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan. Yaʼni oʻtgan yilning 1-iyul holatiga respublikada doimiy aholi soni 37,1 mln kishini tashkil etgan.
Qoʻmita maʼlumotlarida keltirilishicha aholining:
- Ayollar – 18,8 mln kishi;
- Erkaklar – 19,1 mln kishi.
- Shahar joylarda – 19,3 mln kishi;
- Qishloq joylarda – 18,6 mln kishi;
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring