Oʻzbekistonning  doimiy aholisi koʻpayishda davom etmoqda

14:30 12 Yanvar 2023 Jamiyat
1102 0

Illustrativ foto

Oʻzbekistonning  doimiy aholisi koʻpayishda davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi  36 024 946 kishini tashkil etmoqda.

Shundan shahar hududida yashovchilar soni qishloq hududida yashovchilar sonidan 646,5 ming nafarga koʻpligi aytilyapti.

Shuningdek, doimiy aholi sonidan 17 896 368 nafarini ayollar,  18 128 578 nafarini erkaklar tashkil etmoqda. Koʻrinib turibdiki, erkaklar soni ayollar sonidan 232 210 nafarga koʻp.

Bundan tashqari, respublika boʻyicha 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 850282 ta tirik tugʻilish holatlari, dekabr oyida boʻlsa, 1 879 nafar egizak tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Shundan 954 nafarini oʻgʻil bolalar va 925 nafarini qiz bolalar tashkil etgan.

Maʼlumot uchun, 2022-yil 9-dekabr holatiga koʻra, doimiy aholi soni 36 million edi. Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 377 nafarga koʻp deganidir.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер