Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 18-aprel kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
Foto: Illustrativ foto
“Oʻzgidromet” 18-aprel, dushanba kuni qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, 18-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-aprelda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 16-21° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 18-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
18-aprelda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 18-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-aprelda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 18-aprelda kechga tomon baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-aprelda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 18-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-aprelda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-aprelda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 18-aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-aprelda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-aprelda 7-12°, kunduzi 18-23° gacha pasayadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring