Oʻzbekistonga Pfizer vaksinasining navbatdagi partiyasi keladi

11:15 25 Oktyabr 2021 Jamiyat
1117 0

Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchisi J.Vahabovning xabariga koʻra, bugun tushdan keyin Oʻzbekistonga Pfizer vaksinasining navbatdagi partiyasi keladi.

273 780 doza Pfizer AQSH hukumati xayriyasi sifatida Kentukki shtatidan toʻgʻridan-toʻgʻri yuboriladi.

Iyul oyining oxiridan to hozirgi kunga qadar AQSH mamlakatimizga 5 million doza vaksina yubordi.

Amerikada ishlab chiqarilgan vaksinalar Oʻzbekistonda qoʻllanilayotganlar orasida ikkinchi oʻrinda turadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, aholining 17% toʻliq emlangan, yana 21% qisman emlangan. Vaksina oling va hayotingizni qutqaring.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер