Oʻzbekistonda yashash va ovqatlanish sohasida qaysi davlatlar korxona ochgan?
2026-yil 1-mart holatiga Oʻzbekistonda yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida 641 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mavjud korxonalar mamlakatlar kesimida taqsimlanganda eng yaxshi koʻrsatkich Xitoy hissasiga toʻgʻri kelib, 217 tani tashkil etgan. Undan keyingi oʻrinlarda 110 ta koʻrsatkich bilan Turkiya ikkinchi pogʻonada, 67 ta korxona bilan Rossiya kuchli uchlikda qayd etilgan.
Shuningdek, Janubiy Koreyadan 46 ta, Pokistondan 31 ta, Afgʻonistondan 28 ta, Qozogʻistondan 26 ta, Hindistondan 21 ta, Tojikistondan 17 ta, Ozarbayjondan 11 ta hamda boshqa davlatlar 67 ta korxona yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida yurtimizda faoliyat yuritmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring