Oʻzbekistonda talabalarga qanday holatda akademik taʼtil beriladi?

10:53 08 Avgust 2020 Jamiyat
1337 0

Qonunchilikka koʻra, Oʻzbekiston OTM talabalariga akademik taʼtil quyidagi hollarda berilishi mumkin:

* harbiy xizmatni oʻtash uchun;

* salomatligini tiklash uchun;

* homiladorlik va tugʻish uchun;

* bolalarni parvarish qilish uchun.

Akademik taʼtil oʻquv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

* harbiy xizmatni oʻtash uchun – harbiy xizmatni oʻtash muddatiga;

* salomatligini tiklash uchun – 12 oy muddatga;

* homiladorlik va tugʻish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun – homiladorlik va tugʻish, shuningdek bolalarni parvarish qilish taʼtillari muddatiga.

Talabalarga oʻqish davomida 2-marta, (tibbiyot taʼlim muassasalari talabalariga 3-martagacha) akademik taʼtil berilishi mumkin.

1-kurs talabalariga akademik taʼtil faqat ularning kasalligi tufayli beriladi.

Akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер