Oʻzbekistonda Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi tashkil etilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi negizida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi.
Akademiya qishloq xoʻjaligi sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar yoʻnalishlarini, istiqbolli va qisqa muddatli dasturlarni belgilovchi va muvofiqlashtiruvchi, shuningdek, agrosanoat majmuasini ilmiy rivojlantirishni amalga oshiruvchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.
Qishloq xoʻjaligi va yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishish jarayonida majburiy tartibda akademiyada ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring