Oʻzbekistonda Qirgʻiz Respublikasi kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 357 taga yetdi
2026-yilning 1-mart holatiga Oʻzbekistonda Qirgʻiz Respublikasi kapitali ishtirokida jami 357 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mavjud korxonalar sohalar kesimida taqsimlanganda eng katta ulush savdo sohasi hissasiga toʻgʻri kelib, 140 tani tashkil etgan. Undan keyingi oʻrinlarda sanoat sohasidagi korxonalar soni 62 ta, axborot va aloqa sohasida esa 31 tani tashkil qilgan.
Shuningdek, tashish va saqlash sohasida 19 ta, qurilish hamda yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohalarida 18 tadan, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 6 ta, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasida 5 ta hamda boshqa turdagi sohalarda 58 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, korxonalarning 95 tasi qoʻshma va 262 tasi xorijiy korxonalardir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring