Oʻzbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni koʻp?
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-iyul holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 353 tani tashkil etgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 539 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 2 654 ta;
Turkiya – 2 032 ta;
Xitoy – 2 011 ta;
Qozogʻiston – 1 161 ta;
Koreya – 905 ta.
Xorijiy kapital ishtirokida 2022-yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 399 ta;
Turkiya – 183 ta;
Xitoy – 124 ta;
Qozogʻiston – 100 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring