Oʻzbekistonda oʻzlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida qaysi davlatning ulushi yuqori?
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 352,1 trln soʻmni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 53,4 % ga yetgan.
Oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega boʻlgan investor davlatlar:
— Xitoy – 25,6 %;
— Rossiya – 13,4 %;
— Saudiya Arabistoni – 7,9 %;
— Turkiya – 6,4 %;
— BAA – 5,8 %;
— Germaniya – 4,3 %.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring